Soliq qo‘mitasi Yandex Go xizmatlarini taqdim etuvchi Ridetech International B.V kompaniyasidan 1-dekabrgacha O‘zbekistonda soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish, soliqlarni to‘lash va mijozlarga fiskal chek taqdim etishni talab qildi. Talablar bajarilmasa, platforma bloklanadi.
Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yandex.kz mahalliy domeni serverlarini Qozog‘istonga o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Avgust oyi boshida mamlakat hukumati domen mamlakat tashqarisida joylashtirilgani uchun platformaga kirishni vaqtincha yopib qo‘ygan edi.
Qashqadaryoning Qarshi shahrida Yandex Go taksi agregatori ish boshladi. Bu O‘zbekistonning xizmat kirib borgan o‘ninchi shahri hisoblanadi.
Qozog‘iston hukumati yandex.kz saytini yopib qo‘ydi va “Yandeks”dan uning “maxsus organlar bilan o‘zaro aloqasi” haqida ma’lumot talab qildi. Kompaniya Rossiya maxsus xizmatlari Rossiyadan tashqarida foydalanuvchi ma’lumotlariga kirish imkoniga ega emasligiga ishontirdi. Keyinroq sayt qayta ishga tushirildi.
Farg‘onada telefoniga javob bermagani uchun Yandex haydovchisi mashinasining oynalarini tosh bilan sindirgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va gumonlanuvchi ushlandi. Ushbu voqeaga guvoh bo‘lib, biror chora ko‘rmagan IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida Yandex Go taksi agregatori ishga tushdi. Bu O‘zbekistonning xizmat kirib borgan to‘qqizinchi shahri hisoblanadi.
O‘zbekistondagi Yandex Go ilovasida nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun imkoniyatlar paydo bo‘ldi: yo‘lovchi endi haydovchining mashinasini topishda yordam so‘rashi, nogironlar aravachasida ekanini bildirishi, gapirmasligi yoki faqat matn orqali muloqot qilishi mumkinligi haqida ogohlantirishi mumkin.
Ridetech International (Yandex Go xizmati) vakillari Toshkentda Soliq qo‘mitasi va Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasida uchrashuvlar o‘tkazdi. Yandex Go foydalanuvchilariga fiskal cheklar berish bo‘yicha ishlar rejasi belgilab olinib, 1-apreldan haydovchi va yo‘lovchilar sug‘urtalanishi e’lon qilindi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Yandex Go’ning soliqqa tortilishi hamda O‘zbekistondagi taksi bozori bilan bog‘liq vaziyatni sharhlar ekan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bozorda teng imkoniyatlar yaratuvchi takliflar ishlab chiqishini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga javoban Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda Yandex Go xizmati qanday tartibga solingani, xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromad taqsimoti, kompaniya va taksi xizmati qancha soliq to‘lashi haqida ma’lumot berdi.
Yandex Go mijozlari yo‘l kira naqd pulsiz shaklda to‘lanadigan bo‘lsa, haydovchilar buyurtmani qabul qilishni rad etishi holatlariga to‘qnash kelishmoqda. «Gazeta.uz» taksi haydovchilari qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani va kompaniya muammoni qanday bartaraf etishga urinayotgani bilan qiziqdi.
25 may kuni Qo‘qon shahrida Yandex Go taksi xizmati ishga tushdi. Endilikda ushbu xizmat Farg‘ona vodiysining barcha yirik shaharlarini qamrab oladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting